So’nggi yangiliklar

16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0 14:08Петр Ян: "Энди нима дейсан?" 0 13:47Ислам Махачев Петр Яннинг ғалабасига муносабат билдирди + ФОТО 0 13:26Гвардиола кечаги 0:4 ҳисобидаги мағлубиятдан сўнг нималар деди? 0 13:05Эркин кураш бўйича Ўзбекистон чемпионатида ғолиблар аниқланди 0 12:44Мераб Двалишвили Петр Янни октагонга чорлади 0 12:23Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг учинчи кун финал баҳсларида ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:02Мағлубиятли ўйинда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 11:41Prezident Kubogi. Нодирбек Абдусатторов дербида ғалаба қозонди. Жавоҳир Синдаровда ҳам 100 фоизлик натижа! 0

11 mar 07:24
Yangiliklar

Dzyudo

Etibor va rag'bat mahsuli: O'zbekistonda dzyudoning oltin avlodi etishib chiqmoqda

O'zbekistonda sportga qaratilayotgan katta etibor va sportchilarni rag'batlantirish tizimi haqida gapirganda, bugun alohida faxr bilan tilga oladigan jihatlar ko'p.

Birinchidan, mamlakatda sport-sog'lomlashtirish muhiti paydo bo'ldi. Yurtimiz bo'ylab keng quloch yozgan sog'lom turmush tarzi bugun xalqimiz ongu tafakkuri mahsuliga aylandi. Bu umumxalq harakati tusini oldi. 

Ikkinchidan, sport maktablari, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida sport talimi tizimi o'zgardi. Murabbiylarga etibor kuchaydi, ularning moddiy taminoti sezilarli yaxshilandi. 

Uchinchidan, “Inson qadri uchun” tamoyili mamlakatimizning katta sport oilasiga ham kent tatbiq etila boshlandi. Aytaylik, jahon miqyosidagi sport musobaqalari g'oliblarini, Olimpiya o'yinlari chempion va sovrindorlarini, ularning murabbiylarini munosib rag'batlantirishga Prezidentimizning shaxsan o'zi etibor qarata boshladi. Bu esa katta yutuqlarimizga mustahkam zamin yaratdi.

Pirovardida, qanday natijalarga erishdik? O'zbekistonlik sportchilar misli ko'rilmagan olamshumul natijalarni qo'lga kirita boshladi. Bu yutuqlar dzyudo sporti bo'yicha erishilgan natijalarda ham yaqqol ko'zga tashlanadi.

Mavrida kelganda aytish kerak, O'zbekistonda dzyudo sporti keyingi yillarda jadal rivojlanish va ommalalish bosqichiga o'tdi. Buning ham bir qator asoslari bor. Ulardan biri maktablarda dzyudo to'garaklari, o'rta maxsus va oliy talim tizimida fakultativ mashg'ulotlar yo'lga qo'yildi. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida alohida fakultet ochildi. Ikkinchisi, yurtimizda dzyudo bo'yicha mamlakat va xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalar muntazam o'tkazila boshlandi. Uchinchisi, va eng muhimi, mamlakatimizda Olimpiya va Paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga keng yo'l ochildi. SHu maqsadda, Prezidentimiz farmon va qarorlari, ular asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli meyoriy-huquqiy hujjatlari qabul qilindi.

Prezidentimizning 2022 yil 20 iyundagi “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori haqiqiy manoda mamlakatimizda dzyudo sporti keng ommalashishi va sportchilarimiz olamshumul yutuqlarga erishishiga mustahkam zamin yaratdi.

Mazkur qaror bilan dzyudo sport turini 7 yo'nalish asosida rivojlantirish belgilandi. 

Birinchi yo'nalish: dzyudoni aholi o'rtasida ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (selekciya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo'lga qo'yish.

Kutilayotgan natija: yurtimizda tabiatan sportchi bo'lib tug'ilgan yigit-qizlar ko'p. Faqat ular mutaxassislar nazariga tushishi qiyin kechadi. Boisi, bu kabi yoshlarning aksariyati qishloqlar, olis hududlarda yashaydi. Ularning intilishlari va maqsadlari, qobiliyati va qiziqishini ro'yobga chiqarish uchun esa, albatta, selekciya ishlari juda muhim. Prezidentimizning qarori asosida endilikda ana shu tizim yo'lga qo'yiladi va dzyudochilarimizning yangi avlodi shakllantirib boriladi.

Ikkinchi yo'nalish: maktabgacha yoshdagi bolalarda dzyudoga qiziqish uyg'otish va jang sanatining ushbu turi bo'yicha boshlang'ich ko'nikmalarni shakllantirish.


Kutilayotgan natija: xalqimizdan “Bola boshdan”, degan gap bejiz aytilmagan. Prezident qarorida mana shu qadimiy va o'zgarmas hayotiy hikmat o'z mujassamini topgan. Demak, biz yangi chempionlarni tayyorlashni bog'chalardan boshlaymiz. Bu esa O'zbekistonda chempionlar avlodining oltin halqasini taminlashda muhim asos bo'ladi.

Uchinchi yo'nalish: dzyudo bo'yicha professional trenerlar, malakali hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, o'quv-uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish.

Kutilayotgan natija: har bir natija zamirida, avvalo, ilmiy asos va ustozlar o'giti quvvati turishi ayon haqiqat. SHu manoda, endilikda mamlakatimizda dzyudo bo'yicha trenerlarni, malakali hakamlar va mutaxassislarni tayyorlashning yangi va samarali tizimi yo'lga qo'yiladi. Aytish joizki, bu yo'nalishdagi ishlar bizning universitetda faol boshlab yuborilgan. Bugungi kunda dzyudo sirlarini o'rganish va kent tatbiq etish yo'lida professor-o'qituvchilarimiz uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqishga kirishgan. Bu ham dzyudoning ilmiy asosda rivojlanishiga keng yo'l ochadi. SHunda yutuqlarimiz salmog'i ham ortib boraveradi.

To'rtinchi yo'nalish: dzyudo infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda xalqaro talablarga moslashtirish, umumiy o'rta talim maktablarida dzyudo zallari sonini ko'paytirish.

Kutilayotgan natija: har qanday sport turi rivojida mustahkam moddiy-texnik baza taminoti turadi. Qarorda ana shu jihatlar ham nazardan chetda qolmaganki, bugun bu yo'nalish o'z samarasini berayotganiga barchamiz guvohmiz. Endi bu yo'nalishda ishlarni jahon standartlari asosida davom ettirish imkoni bor. Buning uchun moliyaviy asoslar ham ko'rsatilgan. Natija esa ravshan, yani dzyudo bilan shug'ullanish uchun maktablarda ham sharoit yaratar ekanmiz, bu sport turi keng ommalashishiga zamin yaratiladi. Bu, degani bo'lajak chempionlarni maktab yoshidanoq kashf etish imkoni paydo bo'ladi. 

Beshinchi yo'nalish: Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarining jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlari dasturiga dzyudoni bosqichma-bosqich kiritish, ular tizimidagi talim muassasalari o'quvchi-talabalari uchun ushbu sport turi bo'yicha fakultativ mashg'ulotlar va to'garaklar tashkil qilish.

Kutilayotgan natija: etibor bersak, keyingi yillarda jahon chempionlari, Olimpiya o'yinlarida g'olib bo'layotgan sportchilarimizning ko'pchiligi aynan Qurolli Kuchlar tizimida xizmat qiladi. Buning sababi shundaki, biz keyingi yillarda Qurolli Kuchlar tizimida turli sport turlari bo'yicha zamonaviy infratuzilmaga ega baza yaratdik. Prezidentimiz qarori asosida mana shu imkoniyat va mavjud salohiyat, chempionlik maktabi tajribasini yanada keng targ'ib qilish ko'zda tutilgan. Bu ham yangi chempionlarni kashf qilish va ularni jahon arenalariga olib chiqish uchun mustahkam zamin bo'ladi.

Oltinchi yo'nalish: ayollar o'rtasida dzyudoni rivojlantirish, bu borada uzoq yillarga mo'ljallangan istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Kutilayotgan natija: xotin-qizlar o'rtasida sport ommalash o'z samarasini bermoqda. SHu jihatlarni etiborga olgan holda, endilikda bu tajribani dzyudo yo'nalishida ham keng qo'llash imkoni paydo bo'lmoqda. Bu yo'nalishda istiqbolli rejalarni ishlab chiqish esa xotin-qizlari o'rtasida yangi chempionlar va Olimpiya o'yinlari g'oliblarini tarbiyalash uchun qo'l keladi.

Ettinchi yo'nalish: ommaviy axborot vositalarida sog'lom turmush tarzining muhim tarkibiy qismi sifatida dzyudoni targ'ib qilish hamda bu jarayonda axborotlashtirish va multimedia mahsulotlaridan foydalanishni taminlash.

Kutilayotgan natija: axborot asrida har qanday soha ommalashishini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. SHunday ekan, dzyudo falsafasi va uning afzalliklarini OAV orqali targ'ib qilish ham yaxshi samara berishi shubhasiz. Bunda, avvalo, ota-onalar faolligini oshirib, ular ham o'z farzandlarini dzyudo sport turiga oshno qilishi maqsad qilinadi. Qarabsizki, mamlakatimzda dzyudo sporti ishqibozlari soni ortib boraveradi.

Biz mamlakatda dzyudoni rivojlantirishning ettita ustuvor yo'nalishini sanadik. Quvonarlisi, mana shu islohotlar bugun o'z samarasini ham bera boshladi. 

Bunga hayotdan misollar keltirish mumkin. Xabaringiz bor, o'tgan yili nufuzi bo'yicha Olimpiya o'yinlaridan keyingi o'rinda turadigan muhim musobaqa – dzyudo bo'yicha jahon chempionati Toshkentda bo'lib o'tdi. Bu musobaqa O'zbekiston sporti tarixiga oltin harflar bilan bitildi. Boisi, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev “Humo Arena” sport saroyiga tashrif buyurib, erkaklar o'rtasida 90 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida final bellashuvini kuzatdi. Yurtdoshimiz Davlat Bobonov va chet ellik boshqa sovrindorlarga medallarni shaxsan Prezidentning o'zi topshirdi. Davlat rahbarining bu tashrifi O'zbekistondagi yangi sport muhiti va yuksalish ruhi ulg'ayganini anglatadi. 

Joriy yil mart oyi boshida Toshkentda yana bir nufuzli musobaqa – Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) taqvimidan o'rin olgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tdi. Unda Murodjon Yo'ldoshev, Davlat Bobonov, Alisher Yusupov oltin, Sardor Nurillaev kumush medalni qo'lga kiritdi. Doston Ro'ziev, Muhriddin Tilovov, Muso Sobirov va quvonarlisi Gulnoza Matniyazova bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Biz ularnign nomini shuncha tilga olganimiz yo'q. Yuqorida aytganimizdek, mamlakatimizda dzyudo sport turini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar o'z samarasini bera boshladi. Ishonamizki, bu hali boshlanishi. Bizning dzyudochilar hali Olimpiya va Paraolimpiya o'yinlarida yangi zafarlar quchadi. SHunda biz O'zbekistonda dzyudo sportining oltin avlodi etishib chiqayotganiga yana bir bor amin bo'lamiz.

Alisher TANGRIEV, O'zDJTSU Ko'pkurash sport turlari fakulteti dekani, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), docent, Dzyudo bo'yicha milliy toifadagi sport ustasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing