So’nggi yangiliklar

09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0

09 dek 23:06
Yangiliklar

Dzyudo

Etiborimiz markazida dzyudo bo'yicha yil yakunlari

Yil yakunlanib borar ekan, barcha sohalarda bo'lgani kabi sportda ham amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinadi, yangi mavsum uchun rejalarning esa muhokamasi bo'ladi.

Xususan, bugun Milliy matbuot markazida O'zbekiston dzyudo federaciyasining yil yakunlari hamda yangi mavsum rejalariga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi, Milliy matbuot markazi, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda “UzReport” telekanali bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Matbuot anjumanida MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, shuningdek, dzyudo terma jamoasi bosh murabbiyi Ilias Iliadis, terma jamoa azolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari hozir bo'lishdi.

Anjumanni kirish so'zi bilan boshlagan O.Kasimov garchi 2020 yilning katta qismi karantin pandemiyasi bilan o'tib ketgan bo'lsa-da, mavsum dzyudochilar uchun muvaffaqiyatli boshlanganini takidladi.

“2020 yil yanvar oyi o'zbek dzyudosi uchun unutilmas voqeliklar bilan yodda qoldi. 15 yanvar kuni Xalqaro dzyudo federaciyasi prezidenti Marius Vizerning Toshkentga tashrifi davomida yurtimizda dzyudo sportini yanada rivojlantirish va ommaviyligini oshirish borasida qator loyihalar imzolandi. Ular orasida 2021 yilga mo'ljallangan kattalar o'rtasidagi jahon chempionati mezbonligini Toshkentga berilishini alohida takidlash joiz. Epidemiologik vaziyat tufayli ushbu jahon chempionati 2022 yilga qoldirildi. SHuningdek, Jismoniy tarbiya va sport hamda Xalq talim vazirliklari, Xalqaro hamda O'zbekiston dzyudo federaciyalari o'rtasida mamlakatimizdagi 20 ta umumtalim maktabida “Maktablarda dzyudo” dasturi bo'yicha 4 yillik memorandumga imzo chekildi”, – dedi O.Kasimov.

SHundan so'ng federaciya raisi A.Kamilov terma jamoamizning xalqaro musobaqalardagi ishtirokiga to'xtaldi.

“2020 yil mavsumi Isroil poytaxti Tel-Aviv shahrida o'tkazilgan Gran-pri musobaqasi bilan boshlandi. 8-9 fevral kunlari Franciya poytaxti Parij shahrida «Katta Dubulg'a» turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tdi. Murosasiz kechgan turnirda SHarofiddin Boltaboev (-81 kg) kumush va Hikmatilloh To'raev (-73 kg) bronza medallariga sazovor bo'lishdi. Fevral oyining o'zida yilning ikkinchi «Katta Dubulg'a» turniri Dyusseldorf shahrida o'tkazildi. Quvonarlisi, Davlat Bobonov (-90 kg) va Muhammadkarim Xurramov (-100 kg) musobaqaning oltin medallariga sazovor bo'lishdi. Bu bilan hamyurtlarimizning “Katta Dubulg'a” turnirlaridagi so'nggi 10 yillikdagi eng yaxshi natijasi qayd etildi. Mazkur musobaqadan keyin sportchilarimizning Olimpiada reytingidagi o'rni sezilarli darajada yaxshilandi”, – dedi A.Kamilov.

SHundan so'ng matbuot anjumanining savol-javob qismiga o'tildi.

– Terma jamoalarda psixologlarning o'rni katta. Bu borada psixologlar faoliyatiga to'xtalib o'tsangiz.

A.Kamilov: – To'g'ri takidladingiz, sportda psixologik jihatga etibor qaratish alohida ahamiyatga ega. SHu o'rinda hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan terma jamoalarimizda shu soha vakillari uchun alohida shtat ajratilgan va ular ish olib borishmoqda. To'g'ri, sport sohasida malakali psixologlar ko'p emas. SHunday bo'lsa ham jamoalarda ishlayotgan mutaxassislarimiz bir-birlari bilan tajriba almashib turishibdi.

– O'zbekistonda Osiyo o'yinlari hamda Olimpiadaning o'tkazilish imkoniyatini qanday baholaysiz?

– Xabaringiz bor, mamlakatimiz 2025 yil yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan Osiyo o'yinlariga mezbonlik qiladi. Bu kabi kompleks musobaqa O'zbekistonda ilk bor tashkil etiladi. O'ylaymanki, navbati bilan siz aytgan musobaqalar mezbonligiga ham gal keladi. Xalqaro musobaqalarni o'tkazish bo'yicha tajribaga egamiz. Muhimi, hukumatimiz bu g'oyalarni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi.

SHuningdek, anjuman davomida sportchi, murabbiylar va federaciya rahbariyati o'rtasidagi munosabatlar, Tokio-2020, Parij-2024 Olimpiya o'yinlari, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik masalalari bo'yicha savol-javoblar bo'lib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing