27 sen 13:23
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45810_220.jpg)
Fabrisio Verdum: “Xabib Konorni o'ldirib qo'yadi”
Aralash qoidalar bo'yicha og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Fabrisio Verdum Xabib Nurmagomedovning engil g'alabasini taxmin qildi.
Verdumning so'zlariga qaraganda, rossiyalik jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jangda qiyinchilikka duch kelmas ekan.
“Menga Makgregorning jang olib borish uslubi yoqadi. Ha, u juda ko'p gapiradi, lekin shu bilan birga yomon jang ham o'tkazmaydi. Ammo, Xabib uni oktagonda o'ldiradi. Taxminim - referi ikkinchi raundda jangni to'xtatadi”, - dedi Verdum.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov va Konor Makregor o'rtasidagi chempionlik jangi 6 oktyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar