05 sen 11:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Facebook asoschisi Mark Cukerberg MMA jangchisi bilan mashg'ulotidan video joyladi, Volkanovski bunga munoabat bildirdi + VIDEO
Amerikalik mediamagnat Mark Cukerberg ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga MMA jangchisi bilan shug'ullanayotgani aks etgan video joyladi.
U aralash yakkakurashlar ustasi Xay Vu bilan shug'ullanyapti. Xay Vu A 1 Sombat promoushenida MMAdagi ilk jangini o'tkazdi. Unga mashg'ulotlar borasida Cukerberg yordam bergan. Bunga UFC chempioni Aleks Volkanovski ham munosabat bildirgan.
"Mashg'ulotlar bo'yicha hamkorlarimdan biri Xay Vu bugun promoushenda debyut qiladi. Ajoyib jang kutib qolaman, Xay", - deya videoni izohlagan Mark.
"Ko'rinishing yomon emas, Mark", - deya bunga munosabat bildirgan Volkanovski.
Xay Vu ilk jangida amerikalik Joshua Dillonga mag'lub bo'ldi. Jangdan so'ng Cukerberg uni qo'llab-quvvatladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar