25 sen 15:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Faoliyatini boshlaganiga 21 yil bo'lgan Valentina SHevchenko arxiv suratlari bilan bo'lishdi
Qirg'izistonlik aralash yakka kurash ustasi, yana bir bor UFC chempioniga aylangan Valentina SHevchenko Instagram sahifasiga yangi post joyladi.
U 14 sentyabr kuni UFC 306 turniri doirasida meksikalik Aleksa Grassoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, ayollar o'rtasida o'ta engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.
"Ilk bor 2003 yili MMA bo'yicha Jahon chempioni bo'lganman. Oradan 21 yil o'tib ham, men haligacha dunyoning eng yuqori cho'qqisidaman", deya izohladi SHevchenko quyidagi suratlarni.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar