09 avg 14:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Faoliyatini yakunlagan Jon Jons UFC doping-test ro'yxatiga qaytdi
38 yoshli UFC sobiq chempioni Jon Jons yana doping-testdan o'tayotgan sportchilar ro'yxatiga kiritildi.
Bu haqdagi malumot Dana Uayt rahbarlik qilayotgan promoushenning rasmiy saytida paydo bo'ldi.
Amerikalik sportchi 2008 yildan 2024 yilgacha professional darajada jang qilgan. Uning hisobida 28 g'alaba, 1 mag'lubiyat bor. 1 ta jang amalga oshmagan deb topilgan. Oxirgi marta oktagonga chiqqanida Stipe Miochichni texnik nokaut bilan g'alaba qozongan.
U bir necha oy oldin faoliyatini yakunlagandi. Lekin Oq uyda turnir o'tkazilishini eshitgach, mazkur turnir uchun janglarga qaytishga tayyorligini aytgandi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar