12 iyu 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA

"Faqatgina ikki hil variant bor". Xoakin Bakli Usmanga qarshi jang uchun taxmin bildirdi
UFC'ning yarim o'rta vazn toifasidagi 7-raqamli jangchisi, amerikalik Xoakin Bakli sobiq chempion Kamaru Usmanga qarshi bo'lajak bahs haqida fikr bildirdi.
"Usman bilan jang qilganimda, faqat ikki xil natija bo'ladi: yoki biz Usmanni nokaut qilamiz, yoki bu kechaning eng zo'r jangidan biri bo'ladi. Tanlash uchun boshqa variant yo'q.
Kamaru Usman sobiq jahon chempioni, menimcha kelajakda u SHon-SHaraf zaliga kirishi mumkin bo'lgan jangchi. Agar u bunga munosib bo'lmasa, 15 iyun kuni albatta nokautga uchraydi", — dedi Bakli Buck What You Heard podkastida.
Havola :
Manba : Buck What You Heard
Fikrlar