So’nggi yangiliklar

14:17Умарали Раҳмоналиев "Манчестер Юнайтед" билан ўйиндан сўнг нималар деди? 0 13:46XX Осиё ўйинларида иштирок этадиган дзюдочиларимиз таркиби тасдиқланди 0 13:15Расман! Наманганда ўтказиладиган Octagon 92 турнирининг марказий жанги эълон қилинди (ВИДЕО) 0 12:44Одилхон Бухорода бўлиб ўтган ATFС 33 турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 12:13Мануэль Нойер Германия футболчилари орасида рекорд ўрнатди 0 11:42Теренс Кроуфорд рингга қайтяптими? 0 11:11US Open 2026. Аёллар ўртасидаги турнирда финалчилар аниқланди 0 10:40Ислам Махачев: "UFC`дан қўнғироқ кутяпман" 0 10:09ЕЧЛ. "Шахтёр" ПСВ билан, "Фенербахче" эса "Рома" билан дуранг ўйнади + ВИДЕО 0 09:38Super Rizin 5 натижалари: Шайдуллаев Rizin ва PFL чемпионлик камарларини бирлаштирди 0 09:07Синдаров Непомняшийни мағлуб этди, Бибисарада ҳам ғалаба. Жамоа пешқадам! Бугун Жавоҳир - Магнус тўқнашуви бор! 0 08:36Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнири бошланади. Биринчи кун уч дзюдочимиз татамига чиқади 0 08:05ЕЧЛ. "Манчестер Юнайтед" "Сабаҳ"ни тор-мор этди, Раҳмоналиев "Олд Траффорд"да ўйнади 0 07:34Юнон-рум курашчиларимиз Осиё ўйинларида оптимал таркибда қатнашишади 0 07:03UFC Қирғизистонда турнир ўтказишга қизиқяптими? 0

07 okt 13:52
Yangiliklar

Bolalar sporti

Farg'ona shahrida ko'p tarmoqli sport majmuasi foydalanishga topshirildi

Majmuaning ochilishi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda viloyat va shahar hokimliklari, sport sohasi vakillari va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari F. Qosimov, Farg'ona shahar hokimi H. Habibiddinov va boshqalar mamlakatimizda olib borilayotgan keng miqyosli islohotlarda sog'lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida etibor qaratilayotganligini takidladi. 

Xususan, 2019-2023 yillarda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish koncepciyasi bunda muhim ahamiyat kasb etayotir. Joylarda yangi sport obektlari ishga tushirilib, yoshlar sog'lom turmush tarziga faol jalb etilmoqda. Professional sportchilarning mashg'ulotlar o'tkazishi, mahoratini muntazam oshirib borishi uchun zarur sharoit yaratilmoqda.

photo_2019-10-05_12-49-51.jpg

Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda tatbiq etilgan 5 ta muhim tashabbusning biri bo'lgan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish yangicha tizimda amalga oshirilmoqda. Barcha hududlarida, hatto eng olis qishloqlarda ham zamonaviy va foydalanish uchun qulay sport infratuzilmasi barpo etilmoqda. Bu yilning o'zida Farg'ona viloyatida 60 dan ziyod sport maskanlari qurilib, foydalanishga topshirildi. Natijada sport bilan doimiy shug'ullanadiganlar soni ikki barobar ko'paydi.Eng muhimi, yoshlarimiz orasida nufuzli sport musobaqalari, jahon chempionatlarining g'olib va sovrindorlari etishib chiqmoqda. Bugungi kunda viloyat sportchilaridan 2020 yil Tokioda bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etishi kutilayotgan 37 nafar nomzod sportchilar ro'yxati shakllantirildi.

photo_2019-10-05_12-49-54.jpg

Farg'ona shahri markazida yangi ish boshlagan ko'p tarmoqli zamonaviy sport majmuasi ham yoshlar va sportchilarga katta tuhfa bo'ldi. Mazkur sport majmuasi 2 yil davomida qurib bitkazildi. Marg'ilon shahridagi “426-xo'jaliklararo ixtisoslashgan ko'chma mexanizaciyalashgan kolonna” masuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan bu erda sportning yakka kurashlari turlariga ixtisoslashtirilgan 4 ta zal va 4 ming o'rinlik katta arena barpo etildi. Buning uchun Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasidan 40 milliard 356 million so'm mablag' sarflandi.

Majmua yil davomida sportning turli yo'nalishlari bilan shug'ullanish, respublika va yirik xalqaro musobaqalar o'tkazish, yuksak malakali sportchilarni tayyorlash va eng asosiysi yoshlarimizni ommaviy sport turlariga keng jalb etishga xizmat qiladi. Bu erda erkin kurash, boks, badiiy gimastika kabi sport to'garaklarida yoshlar muntazam shug'ullanishni boshlashdi.

photo_2019-10-05_12-49-55.jpg

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing