06 iyu 05:38
Yangiliklar
Farg'ona viloyati dzyudosiga yangi rahbar saylandi
Bugungi kunda Farg'ona viloyati dzyudosini yangi bosqichga ko'tarish, olib borilayotgan keng qamrovdagi islohotlarni amalga oshirishda talabchan, ish ko'zini biladigan boshqaruvchi-mutaxassisga ehtiyoj sezilayotgan edi. Ana shu kemtikni berkitish maqsadida viloyat dzyudosi rahbarligiga munosib nomzod ilgari surildi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasida ZOOM platformasi orqali o'tkazilgan yig'ilishda nomzod rasman tanishtirildi. Ishtirokchilar Mamajonov Fayzullo Abdusamatovich nomzodini o'z ovozlari bilan tasdiqlab berishdi. SHu yil 40 yoshini qarshi olgan Fayzullo Mamajonov tadbirkorlik bilan shug'ullanadi. "Great Silk Road Service" cement zavodi bosh direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Malumoti oliy. Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti (2005), Toshkent davlat Yuridik universitetida (2009) bakalavr, Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida (2012) magistr darajasini olgan.
Yig'ilish so'nggida O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari Zafar Qahramonov masuliyatli vazifaga kirishayotgan Fayzullo Mamajonovga omad tilab, unga katta ishonch bildirilayotganini malum qildi.
Fikrlar