So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

05 may 19:25
Yangiliklar

Tadbirlar

Faxriylar tayanchimiz

Mamlakatimizda 9 may Xotira va qadrlash kunini umumxalq bayrami sifatida nishonlash milliy qadriyatimizga aylandi.

Darhaqiqat, inson xotira bilan yashaydi, ertangi kunga ishonch bilan boqadi. O'tganlarni yodga olish, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan nuroniylarni ezozlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 4 apreldagi Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risidagi Qarorining ijrosini taminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda Respublika sport faxriylari kengashi tomonidan maxsus tadbir tashkil etildi. Paralimpiya associaciyasi hamkorligida o'tkazilgan uchrashuvga ko'p yillar mobaynida sportimiz rivojiga ulkan hissa qo'shgan faxriylar taklif etildi.

To'planganlarning barchasi mustaqillik tufayli tinch osmon ostida farovon turmush kechirayotganimizga shukronalar aytishdi. O'zlarini qadrlab kelayotgan davlatimizga minnatdorchilik izhor qilishdi.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbanov ulkan g'alabalarni qo'lga kiritgan, ajoyib shogirdlarni tarbiyalagan faxriylarning tajribasi, maslahat va tavsiyalari ertangi zafarlarimiz uchun o'ziga xos poydevor bo'lib xizmat qilishiga alohida to'xtalarkan, joylarda sport faxriylari jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishga, bugungi avlod amalga oshirayotgan ishlarni yaxshilashga ko'maklashishlaridan umidvor ekanligini takidlab o'tdi.

Do'stona va ishchanlik ruhida o'tgan tadbir davomida so'z olgan faxriylar hal qilinishi zarur bo'lgan muammolarga mutasaddilar etiborini tortishgani ayni muddao bo'ldi.

Jumladan, kurash bo'yicha faxriylar o'rtasida ko'p marotaba jahon chempionatlari g'olib va sovrindori Aleksandr Alekseevich Istomin oliy o'quv muassasalarida ommaviy sportni yanada rivojlantirishga etibor berish zarurligini aytib o'tdi. Xorazmlik faxriy Abdualim Qutliev tumanlar va viloyatlararo musobaqalarni muntazam ravishda o'tkazish sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga ko'mak berishini etirof etdi. Igor Petrovich Baraban sport federaciyalarida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislarning o'z lavozimiga mosligini alohida o'rganish, zarur hollarda ishni yuksak saviyada tashkil eta oladigan kadrlarni jalb etish umumyakunda natijalarimizni yaxshilash omili bo'lishini takidladi. Samarqandlik Hamroqul Rafiev ommaviy sport metodikasini ishlab chiqish joylardagi mutaxassislarga katta yordam berishiga etibor qaratdi. SHuningdek, futbol faxriylari kengashi raisi Narimon Jalolovich Jalolov, buxorolik Bolta G'afforov, jizzaxlik O'ktam Hoshimov kabi faxriylar jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishdi.

O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Sobirovich  Xudoyberganov  faxriylarga etibor uchun davlatimiz rahbariyatiga alohida minnatdorchilik izhor qildi hamda sportimiz faxriylari jonajon vatanimiz ravnaqi yo'lida qo'llaridan kelganicha faol bo'lishlarini bildirdi.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbanov o'z vaqtida qo'mitaga rahbarlik qilgan Elmar Aminovich Aminov hamda og'ir atletika bo'yicha sobiq jahon rekordchisi Erkin  SHamsievich Karimovga O'zbekiston sport faxriysi guvohnomalarini topshirdi. To'plangan barcha faxriylarga maxsus sovg'alar taqdim etildi.

Qo'mita raisi va o'rinbosarlari tadbirga salomatligi tufayli kela olmaganlarning uylariga borib, xabar olish, suhbat qurishlari rejalashtirilgani ham etiborga molik.

Faxriylar bilan muloqot nafaqat Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, balki muntazam ravishda o'tkazilishiga kelishib olindi.

Matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing