13 sen 06:26
Yangiliklar
Dzyudo
Faxriylarimiz jahon chempionatidan 3 ta medal bilan qaytishyapti + FOTO
Polshaning Krakov shahrida dzyudo bo'yicha faxriylar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionati o'z yakuniga etdi.
Dunyoning 60 davlatidan kelgan keksa avlod vakillari qatorida O'zbekiston terma jamoasining 8 nafar dzyudochisi ham jahon chempionati medallari uchun tatamiga chiqdi.
Quvonarlisi, faxriylarimizdan -66 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Bahrom Inoyatov jahon chempionatining oltin medalini qo'lga kiritdi. Faxriddin SHaripov (-100 kg) va Murodjon Jamolov (-100 kg) esa bronza medalini terma jamoamizga taqdim etdi.
Malumot uchun, o'tgan yili Portugaliyaning Lissabon shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatida O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari Bekzod To'raboev finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, kumush medalga sazovor bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar