08 sen 18:50
Yangiliklar
Faxriylarimiz jahon chempionatiga jo'nab ketishdi
Dunyoning 60 davlatidan kelgan keksa avlod vakillari qatorida O'zbekiston terma jamoasining 8 nafar dzyudochisi ham jahon chempionati medallari uchun tatamiga chiqadi.
O'tgan yili Portugaliyaning Lissabon shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatida O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari Bekzod To'raboev finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, kumush medalga sazovor bo'lgan edi. Bekzod Saitkulovich bu yil kumush medalni oltinga aylantirishga urinib ko'radi.
Terma jamoamiz tarkibi:
-66 kg: Bahrom Inoyatov
-73 kg: Timur Xudoyqulov
-73 kg: Kamoliddin Alimardonov
-81 kg: Baxtiyor To'raboev
-90 kg: Bekzod To'raboev
-100 kg: Faxriddin SHaripov
-100 kg: Murodjon Jamolov
+100 kg: Hamid Otajonov
Fikrlar