13 may 06:22
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/38580_220.jpg)
Fazliddin G'oibnazarov AQSHda to'rtinchi jangini o'tkazdi
Bundan bir necha daqiqa avval Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov professional boksdagi to'rtinchi jangini o'tkazadi.
Ushbu jangda charm qo'lqop ustamizga meksikalik Xesus Silveyra raqiblik qildi. Sakkiz raunddan iborat jang teng yarmiga kelganida yakunlandi. To'rtinchi raundda Fazlining chap qo'lda qisqa masofadan bergan aniq va kuchli zarbasidan so'ng meksikalik bokschi nokautga uchradi.
Malumot uchun, Fazliddin G'oibnazarov prof ringdagi to'rtinchi g'alabasini nishonladi. Nokautlar soni ikkitaga etdi. Uning raqibi Xesus Silveyra esa bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda 16ta jang o'tkazgan. SHularning 8tasida g'alaba qozongan (3tasi nokaut bilan). Bugungi oltinchi mag'lubiyatini qarshiladi. Yana ikkita jangda durang qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar