06 dek 14:20
Yangiliklar

Fazliddin G'oibnazarov kechagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?
Bokschimiz ushbu g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"To'g'risini aytsam, juda charchadim. Jang og'ir o'tdi, karantin sabab bir yil boks tusha olmadim. Jang qilish oson bo'lmadi. O'zbekistonda ham hozir karantin va bu mashg'ulotlar jarayoniga tasir qilmay qolmadi.
Jang boshida va oxirida o'ylagan rejalarimni amalga oshira olmadim, shuning uchun ham hali qiladigan ishlar ko'p. Raqibda xarakter bor ekan, u kuchli zarbalarni o'tkazib yuborganiga qaramay taslim bo'lmadi. Ammo shukrki, bugun mening kunim ekan. Meni qo'llab-quvvatlash uchun yurtdoshlarim ham kelishdi. Jang davomida ularning ovozlarini eshitib turdim buning uchun ularga rahmat aytaman", - dedi Fazliddin G'oibnazarov.
Fikrlar