21 may 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarov Lomachenko bilan bir oqshomda ringga ko'tariladi
Professional bokschimiz, Olimpiada chempioni Fazliddin G'oibnazarov navbatdagi jangini qachon o'tkazishi aniq bo'ldi.
Bokschimiz olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda navbatdagi jangini 26 iyun kuni Las-Vegasda o'tkazishini malum qildi.
Malumot uchun, o'sha shouning markaziy jangida ukrainalik sobiq jahon chempioni Vasiliy Lomachenko ham ringga ko'tariladi. "Loma" o'sha kuni yaponiyalik Masayoshi Nakataniga qarshi jang o'tkazadi.
Fazliddin G'oibnazarov shu kungacha prof boksda 10 ta jang o'tkazib, ularning 9 tasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut). 1 marotaba mag'lubiyatga uchragan. Oxirgi jangini 5 dekabr kuni armanistonlik Manuk Dilanyanga qarshi o'tkazib, raqibini 8 raundlik jangda ochkolar evaziga mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar