05 dek 20:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarov navbatdagi jangini o'tkazdi
Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov Ekaterinburg shahrida tashkil etilgan jang oqshomida ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda hamyurtimizga armanistonlik Manuk Dilanyan raqiblik qildi.
8 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Yakunda g'olib ochkolar evaziga ko'ra aniqlandi va unda Fazliddin hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
SHu tariqa, G'oibnazarov professional boksdagi o'ninchi jangida to'qqizinchi g'alabasiga erishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar