29 sen 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarov navbatdagi jangini qachon o'tkazishini aytdi
Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov navbatdagi jangini noyabr oyida o'tkazishi mumkin.
"Nasib qilsa, navbatdagi jangimni 7 noyabr kuni Ekaterinburg shahrida o'tkazaman", - dedi Fazliddin G'oibnazarov saytimiz xodimi bilan suhbatda.
Hozircha o'sha kungi jangda bokschimizga kim raqiblik qilishi nomalum.
Eslatib o'tamiz, G'oibnazarov shu kungacha prof boksda 9 ta jang o'tkazgan va ularning 8 tasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut). 1 ta jangda esa imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar