21 okt 10:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Fazliddin G'oibnazarov oltinchi jangini o'tkazdi
Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan Fazliddin G'oibnazarov AQSHda o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
Hozirgina yakuniga etgan jangda hamyurtimizga amerikalik bokschi Uilbert Lopes raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Fazliddin ikkinchi raundda kuchli zarbalari evaziga Lopesni nokautga uchratdi.
Malumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional ringda 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasini o'z foydasiga hal qilgan. Janglarning 3 tasida raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan.
Lopes esa bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda 35 ta jang o'tkazib, ularning 23 tasida g'alaba qozongan, 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. O'nta to'qnashuvda esa mag'lubiyatga uchragan. Bugun u ikkinchi nokautini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar