26 may 07:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarovning raqibi malum. U hali mag'lub bo'lmagan... +POSTER
Professional bokschimiz, Olimpiada chempioni Fazliddin G'oibnazarov navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi malum.
Hamyurtimiz 26 iyun kuni Kvinton Rendallga qarshi ringga ko'tariladi. Jang Lomachenko-Nakatani jang oqshomida tashkil etiladi.
Malumot uchunm, Fazliddin G'oibnazarov shu kungacha prof boksda 10 ta jang o'tkazib, ularning 9 tasida g'alaba qozongan (5 ta nokaut). 1 marotaba mag'lubiyatga uchragan. Oxirgi jangini 5 dekabr kuni armanistonlik Manuk Dilanyanga qarshi o'tkazib, raqibini 8 raundlik jangda ochkolar evaziga mag'lub etgandi.
Uning raqibi esa professional boksda sakkizta jangda ishtirok etib, barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar