22 apr 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Fedor Emelyanenko so'nggi jangini qachon va kim bilan o'tkazmoqchiligi haqida gapirdi
MMA afsonasi Fedor Emelyanenko xayrlashuv jangi haqida gapirdi.
«Afsuski, men so'nggi jangimni Rossiyada o'tkaza olmaydigan bo'ldim. Umuman olganda, menga qaerda jang qilishni ahamiyati yo'q. So'nggi jangimni chempionlik uchun o'tkazmoqchiman. Bellator'dagi o'rnim orqali chempionlik jangida ishtirok etish imkoniga egaman. Mayda Kongo va Beyder o'rtasida jang bo'lib o'tadi. Men Beyderga qarshi revanshda ishtirok etmoqchiman. Menimcha, avgust oyida Nemkov bilan bir kechada jang qilsam kerak»,-dedi Fedor.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar