So’nggi yangiliklar

11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0 08:03Фабио Каннаваро: "Ҳисоб 2:0 пайти "моторни ўчириб қўйдик". Футбол баъзида бешафқат эканини тушунишимиз керак" (Тўлиқ матбуот анжумани) 0 07:32Дана Уайт Двалишвили ва Нурмагомедовни қоралади: "Аҳмоқлар!" 0 07:01Алимханули Канело билан эҳтимолий жангга муносабат билдирди 0 21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0

07 iyu 07:01
Yangiliklar

Futbol

"Fenerbaxche" Gyulerdan g'azablandi. Klub bir sabab tufayli futbolchini "Real"ga emas, "Barselona"ga sotmoqchi edi

Teglar :  Arda Gyuler
"Real" va "Fenerbaxche" Gyulerning 20+10 million evrolik transferi bo'yicha kelishib oldi.

Manbaga ko'ra, yigitga bugun Ispaniya poytaxtiga yo'l oladi.

Xabaringiz bor, “Barselona” ham yarim himoyachiga jiddiy davogarlik qilgandi. Manbaning xabariga ko'ra, Arda boshqa klublar etiborini tortgach, Madrid klubi futbolchining transferini tezlashtirgan.

Qayd etilishicha, Gyulerning Madridga ko'chib o'tishi "Fenerbaxche"ning rejalarini barbod qildi. Turk klubi yosh futbolchini "Real"dan ko'ra "Barsa"ga sotishni afzal ko'rgandi.

Gap shundaki, "blaugrana" futbolchini joriy mavsum "Fenerbaxche"da ijaraga qoldirishni rejalashtirgan. “Qirollik klubi” esa Ardani hozirdanoq jamoada ko'rmoqchi. “Qaymoqranglilar” yarim himoyachining boshqa klubga ijaraga o'tishini istisno qilmayapti.

SHu tariqa, yigitchaning "Real"ga o'tishi "Fenerbaxche"ni zudlik bilan uning o'rniga o'rinbosar izlashga majbur qilmoqda. Bu esa Istanbul klubining rejalariga umuman to'g'ri kelmasdi.

Qolaversa, “Fenerbaxche” prezidenti Ali Koch “Barselona” bilan biznes hamkorligi mavjud edi. Turk 2022 yilgacha "Barsa" homiysi bo'lgan Beko kompaniyasini boshqargan. 

Koch Gyulerdan "Barselona"ni emas, "Real Madrid"ni tanlagani uchun g'azablangan. Manbaning qo'shimcha qilishicha, transfer bo'yicha yakuniy qarorni futbolchining o'zi qabul qilgan, shuning uchun “Fenerbaxche” uni “qaymoqranglilar”ga sotishga majbur bo'lgan.

Koch kelishuv yakunlangach, Gyulerning transferi tafsilotlarini oshkor qilishga vada bergan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing