28 may 16:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Fergyuson Xabib va Maxachevdan qaysi biri kuchliroq ekanini aytdi
Toni Fergyuson Xabib Nurmagomedov va Islam Maxachevni taqqosladi.
"Yaqinda kimdir mendan: "Grepplingda qaysi biri yaxshi — Islom Maxachevmi yoki Xabib Nurmagomedov?" deb so'radi. Rostini aytsam, menimcha, Islam — kuchliroq greppler. U biroz tezroq.
Xabib usul jihatdan ehtiyotkorroq edi, Islom esa ko'proq erkin kurash uslubiga yaqin. O'ylashimcha, u yarim o'rta vazn toifasida ham yaxshi natijalar ko'rsatadi. U bunga qodir", — dedi UFC’ning sobiq jangchisi Toni Fergyuson.
Eslatib o'tamiz, Maxachev engil vazn toifasidagi UFC chempionlik kamaridan voz kechdi. Endi u yarim o'rta vazndagi chempionlik kamari uchun jang qiladi.
Havola :
Manba : MMA Insight
Fikrlar