24 iyu 18:04
Yangiliklar
SHaxmat
FIDE prezidenti Evropa Ittifoqi sankciyalariga tushdi va vakolatlarini vaqtincha to'xtatdi
Xalqaro shaxmat federaciyasi (FIDE) prezidenti, rossiyalik Arkadiy Dvorkovich Evropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi qabul qilingan 21-sankciyalar paketiga kiritildi.
Buning ortidan Dvorkovich FIDE prezidenti sifatidagi vakolatlarini vaqtincha to'xtatishini elon qildi. Uning aytishicha, bu qaror sankciyalar FIDE ishiga tasir ko'rsatmasligi uchun qabul qilingan.
Rossiyalik amaldor Evropa Ittifoqi sankciyalarini “noqonuniy va adolatsiz” deb atab, ular ustidan sudga murojaat qilishini bildirdi.
FIDE nizomiga ko'ra, Dvorkovichning vakolatlari tiklanguniga qadar uning vazifasini vice-prezident, hindistonlik shaxmat afsonasi Vishvanatan Anand bajaradi.
Malumot uchun, FIDE’ning navbatdagi Bosh assambleyasi va prezidentlik saylovi joriy yil sentyabr oyida Samarqandda o'tkaziladi. Dvorkovich ushbu saylovda yana nomzod sifatida qatnashishni rejalashtirayotgan edi.
Havola :
Manba : Pressuzb
Fikrlar