So’nggi yangiliklar

18:46Президент Шавкат Мирзиеёв Геннадий Головкин билан учрашди + ФОТО 0 16:02Пэдди Пимблеттнинг рафиқаси эрининг соғлиғи ҳақида маълумот берди 0 15:08Арман Царукян: "Мен Гэтжи, Топурия Махачев билан жанг қилади" 0 13:24Ўзбекистон терма жамоаси бугун Хитой билан ўйнайди 0 12:59UFC собиқ чемпиони Шон-шуҳрат залига киритилди 0 12:36Боксчиларимиз RCC Гран-присида қандай натижалар қайд этишди? 0 12:00Тошкентда Осиё Олимпия кенгашига янги президент сайланди 0 11:33Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг 2 нафар футболчиси мавсумни Тошкент клубида бошлайди 0 11:12"Юзингга қара, пасткаш". Гэтжи жангдан кейин Пимблеттга нима деганини айтди 0 10:40Порье Гэтжининг ғалабасига муносабат билдирди 0 10:18Умар Нурмагомедов: "Спарринг шерикларим Фигейредудан кўра қийинроқ бўлганди" 0 09:42Бернарду Силва "Барселона"га ўтмоқчи, аммо каталонияликлар иккиланишмоқда 0 09:15Пимблетт Гэтжи билан жангдаги ҳакамликка муносабат билдирди 0 08:39Australian Open. Даниил Медведев ўз юришини тўхтатди 0 08:12Жастин Гэтжининг UFC'да олган бонуслари миқдори 1 миллион доллардан ошди 0

09 okt 11:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Filippin XOQga Pakyaoning Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishi mumkinligi haqida rasmiy so'rov yubordi

Teglar :  Menni Pakyao
Filippin Olimpiya qo'mitasi Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga 44 yoshli Menni Pakyaoning kelasi yili Parijda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishi mumkinligi haqida rasmiy so'rov yuborgan.

Qo'mita rahbari Abraxam Tolentinoning so'zlariga ko'ra, ular filippinlik boks afsonasiga XOQning "Universallik" qoidasiga asosan, erkaklar uchun beshta yo'llanmani saqlab qolgan holda Olimpiya yo'llanmasini berishni so'ramoqda.

"Javob aprel oyida kelishi mumkin. Bu uzoq jarayon. U direktorlar kengashi tomonidan ko'rib chiqiladi", - deydi Tolentino.

Filippin boks uyushmasi associaciyasi rahbari Markus Manalo so'rov rad etilishi mumkinligini takidladi, chunki XOQ ishtirokchilarning yoshi (40 yoshdan katta bo'lmagan) bo'yicha malum qoidalarga ega. SHuningdek, qoidalarga o'zgartirishlar o'yinlardan bir yil oldin emas, balki Olimpiya ciklining boshida kiritiladi.

"Ushbu qoida og'ir ahvolda bo'lgan yoki odatda saralash turnir tizimi orqali yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniga ega bo'lmagan mamlakatlar uchun mo'ljallanganligi aniq aytilgan. Ammo, kim Pakyaoning olimpiya terma jamoasida bo'lishini istamaydi? U haqiqiy afsonadir, lekin amaldagi qoidalar mavjud" - dedi Markus Manalo.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing