09 iyu 10:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Fiziev: "Pore hech qachon men kabilar bilan jang qilishni istamagan"
Rafael Fizievning fikricha, Dastin Pore u bilan jangni qabul qilmaydi.
"Pore aniq qochishga harakat qiladi. Dastin Pore hech qachon men kabilarga qarshi jang qilishni istamagan. CHunki, bu uning uchun keraksiz tavakkalga qo'l urishi bo'ladi.
Bu juda xavfli, shunday bo'lishiga qaramasdan, men u kabi nomdor jangchi emasman. Bu yigitlarning barchasida men bilan jangda yutqazish xavfi bor, buning ehtimoli yuqori", - dedi Fiziev.
Eslatib o'tamiz, Rafael so'nggi bor o'tgan yilning 5 dekabrida, yangi zelandiyalik Bred Riddelga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, Konor Makgregor Fiziev haqida fikr bildirgan edi, tabiiyki qirg'iz MMA ustasi buni javobsiz qoldirmadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar