16 fev 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Floyd Meyvezer barcha davrlarning o'zidan boshqa eng buyuk bokschini aytdi, u Ali emas!
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, faoliyatini mag'lub bo'lmay yakunlagan Floyd Meyvezer o'z tanlovi bilan barchani hayron qoldirdi.
Amerikalik 47 yoshli Floyd barcha davrlarning eng buyuk bokschisi sifatida Muhammad Alini tan olmagan.
"Barcha davrlarning eng buyuk bokschisi? Avval men, keyin Pernell Uitaker", — deya Give me Sport portaliga intervyu bergan Meyvezer.
Malumot uchun, Pernell Uitaker 1982 yilda engil vazn toifasida jahon chempioni, 1984 yilda esa Olimpiada chempioni bo'lgan. Professional bokschi sifatida 46 ta jang o'tkazib, 40 g'alaba (17 tasi nokaut bilan), 4 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Janglarining bittasi o'tkazilmagan deb topilgan. Pernell 2019 yili 55 yoshida vafot etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar