21 okt 17:02
Yangiliklar

Floyd Meyvezer: “Pakyao bilan jangga tupurdim”
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, amerikalik engilmas bokschi promouter El Xeymondan Pakyaoning Edrien Broner bilan jangini tashkil qilishni so'ragan.
“Pakyaoning men bilan jang qilish istagida bo'layotganiga tupurdim. Keyin menga uning nima qilayotgani ham qiziq emas. El Xeymonga men Menni va Edrien Broner o'rtasida jang tashkil qilish kerakligini aytdim”, - dedi Meyvezer.
Eslatib o'tamiz, bir muddat avval Meyvezerning o'zi Menni Pakyao bilan revansh jangi sabab katta boksga qaytishini aytgandi. Lekin amerikalik bokschining so'nggi intervyusidan kelib chiqadigan bo'lsak, Floyd Pakyaodan ko'ra UFC yulduzlari Xabib Nurmagomedov yoki Konor Makgregor bilan jang o'tkazishni afzal bilmoqda.
Fikrlar