13 mar 09:45
Yangiliklar
Tennis
Fomin va Fayziev Vengriyadagi "CHellenjer"ni g'alaba bilan boshlashdi, bugun yana o'yinlar bor
Vengriyaning Sekeshfexervar shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turniri boshlandi.
Hamyurtlarimiz Sergey Fomin va Sanjar Fayziev musobaqadagi yakkalik bahslarini saralashdan boshlashdi.
Sergey Fomin (369) ilk bosqichda mezbon Rafael Kis Balacga qarshi kortga chiqdi va 7:5, 6:1 hisoblarida g'alabaga erishdi.
Sanjar Fayziev esa (1359) boshqa bir mezbon Gabor Mateni 6:3, 6:4 hisoblarida mag'lub etdi.
Endi bugun saralashning final bahslari bo'lib o'tadi. Sergey Fomin asosiy davraga chiqish uchun livanlik Xassan Benjamin (326) bilan, Sanjar Fayziev esa italiyalik Yulian Okleppo (864) bilan bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar