09 avg 18:05
Yangiliklar
FOTO. Britaniyalik sportchi bo'ynini sindirib olishiga bir bahya qoldi
Riodagi Olimpiya o'yinlari 17 yoshli Dauni uchun dastlabki Olimpiada xisoblanadi. U saralash bahslarida o'z chiqishini amalga oshirayotgan paytda noqulay tarzda gilamga boshi va bo'yni aralash tushgan.
Ellining bu chiqishi fojea bilan yakunlanishi mumkin edi. Sportchining boshi aylanib, bir necha daqiqa joyida o'tirib qolgan.
Daunining murabbiyi va jamoadoshlari o'sha zahoti sportchini aravachada zaldan tashqariga olib chiqishgan.
Britaniyalik yiqilgan paytda qirsillagan ovoz shundoqqina eshitilgan. Bu dahshat...
Lekin Elli o'zida kuch topa oldi va jasorat ko'rsatgan holda mashqni qaytadan bajaradi.
Buning natijasida Britaniya terma jamoasi saralashni uchinchi o'rinda yakunladi va finalga yo'llanma oldi.
Fikrlar