06 okt 13:35
Yangiliklar
Boks/MMA

FOTO. Petr Yan va Arman Carukyan Tailandda mashg'ulot o'tkazishmoqda
Rossiyalik UFC jangchisi Arman Carukyan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joyladi.
Arman Carukyan va Petr Yan ayni damda Tailanddagi Tiger mashg'ulotlar zalida navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko'rishmoqda.
"Bu yigit yig'inni yakunlamoqda. Men esa endigina ishga kirishyapman", - deya suratni izohlagan Arman Carukyan.
Petr Yan navbatdagi jangini 22 oktyabr kuni amerikalik SHon O'Melliga qarshi o'tkazadi.
Arman Carukyan esa keyingi jangini 17 dekabr kuni Qozog'iston vakili Damir Ismagulovga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar