27 fev 10:52
Yangiliklar
FOTO Rossiyalik jahon chempioni Razambek Jamalov O'zbekiston bayrog'i ostida ilk musobaqasida ishtirok etdi. Uning debyuti qanday bo'ldi?
Musobaqada o'zbekistonlik sportchilardan tashqari, Rossiya, Qirg'iziston va boshqa mamlakatdan kelgan kurashchilar ishtirok etdi.
Ahamiyatlisi, Gran-prida 74 kg.gacha bo'lgan vazn toifasida rossiyalik kurashchi Razambek Jamalov Toshkent shahri nomidan qatnashib, yakunda oltin medalni o'ziniki qildi. Olamsport.com yanvar oyida Jamalovning O'zbekiston safiga o'tgani haqida xabar bergan edi. 25 yoshli Razambek o'smirlar o'rtasida jahon vice-chempioni (2018), U23 yosh toifasida Evropa va jahon chempioni (2019) va bir necha karra Rossiya chempioni hisoblanadi.
Jamalov "O'zbek botirlari" Gran-prisi finalida surxondaryolik Asomiddin Hasanovdan ustun kelgan. Musobaqada Razambek uchun asosiy raqobatchilar bo'lmish Bekzod Abdurahmonov hamda Ilyas Bekbulatov ishtirok etmaganini takidlash lozim.
Fikrlar