02 sen 17:52
Yangiliklar
Dzyudo

FOTO Yaponiyalik dzyudochilar jamoaviy bahslarda chempion!
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.
Yilning eng nufuzli musobaqasining so'nggi kuni jamoaviy bahslar o'tkazildi. Unda jami 15 ta terma jamoa ishtirok etdi. Yarim finalda Yaponiya Braziliyadan, Franciya esa Rossiyadan ustun keldi.
Bronza medallari uchun kechgan bahsda rossiyalik dzyudochilar Ozarbayjonni, braziliyaliklar esa Mo'g'uliston terma jamoasini mag'lub etishdi. Oltin medal uchun bo'lib o'tgan hal qiluvchi uchrashuvda esa mezbonlar Franciyani 4:2 hisobida dog'da qoldirishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
12:31
Nukus shahri mezbonlik qilayotgan O'zbekiston Kubogining ilk kungi g'oliblari malum FOTOGALEREYA 0
Fikrlar