03 apr 12:38
Yangiliklar
Franciyaga atalgan Antaliya "Katta Dubulg'a" turniri yakunlandi
Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi musobaqada bu yil uchun rekord - 83 davlatdan 600 nafar dzyudochi medallar hamda Parij Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib bordi. Yakunda Franciya terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.
Niderlandiya 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, braziliyalik dzyudochilar 2 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan kuchli uchlikka yakun yasashdi. Yaponiya, Turkiya, Belgiya, Avstriya va Italiya terma jamoalari bir nafardan chempionga ega bo'lishdi. Jami 28 davlat delegaciyalarining kamida 1 ta bronza medalini qo'lga kiritgani dzyudo sport turining dunyo bo'ylab rivojlanib borayotganini tasdiqladi.
Ortga medal bilan qaytgan davlatlar orasida O'zbekiston ham bor. -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sita Kadambaeva terma jamoamizga yagona bronza medalini taqdim etdi.
Fikrlar