12 jan 12:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Fransis Ngannu Siril Ganga o'xshashib ketadigan eng kuchli jangchi kimligini aytdi
Og'ir vaznda amaldagi UFC chempioni Fransis Ngannu tez orada to'qnash keladigan raqibi Siril Gan kabi jangchilardan eng kuchlisi kim ekanligini aytdi.
"Israel Adesanya ajoyib yigit, shu bilan birga, dunyoning eng kuchli "udarnik"i hisoblanadi. Uning uslubiga qaraydigan bo'lsak, Israel huddi Siril Gan kabi jang qiladi. Faqat, unday ham yaxshiroq.
Men Israel Adesanya bilan mashg'ulotlar lagerini o'tkazmoqchi edim. Ammo, Yangi Zelandiyaga borish cheklanganligi sababli buning imkoni bo'lmadi. Adesanya menga yordam berishga tayyor edi. Zarba texnikasi, oyoqda ishlash va boshqa jihatlardan unga teng keladigani yo'q", -deydi Fransis Ngannu.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar