22 apr 11:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Frempton hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozondi
Belfast (Buyuk Britaniya) shahrida navbatdagi professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi yarim engil vazn toifasida vakant bo'lib qolgan WBO chempionlik kamari uchun kechdi. Unda ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Karl Frempton to'rtta vaznda sobiq jahon chempioni Nonito Donerga qarshi ringga ko'tarildi.
Dastlabki uchta raundda Doner ustunlikka erishdi. Lekin shundan so'ng Frempton aniq zarbalari evaziga ustunlikni o'z tomoniga og'dirib oldi. O'n ikki raund yakunlariga ko'ra uchchala hakam ham bir xil 117-111 hisobidagi g'alabani Fremptonga taqdim etishdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar