10 iyu 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Frenk Uorren: "Biz unga gonorarning 40 foizini taklif qildik"
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning sentyabr oyida jang o'tkazish taklifini qabul qilmagani sabablari haqida gapirdi.
"Joshuaning vakillari jangning Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishini kutishganini aytishdi va bu tabiiyki, katta daromad keltirardi. Joshuaning jangga rozi bo'lmaganiga sabab faqat pulmi?
Yana nima bo'lishi mumkin? Biz unga gonorarning 40 foizini taklif qildik. Saudiya Arabistonida nafaqat bokschilarni, balki boshqa sportchilarni ham katta cheklar kutadi. Agar gap faqat shon-shuhrat haqida bo'lganida edi, Joshua va Aleksandr Usik jang yuzasidan allaqachon kelishib olishar edi", - dedi Uorren.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar