17 iyu 09:24
Yangiliklar
![](/upload/storage/227063_220.jpg)
Frenk Uorren: "Fyuri bilan rejalari haqida gaplashdim"
Britaniyalik bokschining promouteri Frenk Uorren o'z mijozining kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Frenk Uorren Fyurining ringga qaytishiga ishonmoqda.
"Usik - Joshua revansh jangidan keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Bu jang hamma uchun, jumladan men va Tayson uchun ham juda qiziq. Menimcha, bu Joshua uchun qiyin jang bo'ladi. U Usikni mag'lub etish uchun o'z imkoniyatidan to'g'ri foydalana oladimi buni bilmayman. O'ylashimcha, Usik qanday g'alaba qozonishni biladi. Adashgan bo'lishim mumkin, Ammo, kim g'alaba qozonishidan qatiy nazar, Tayson g'olib bilan jang qilish uchun qaytib keladi", — dedi Frenk Uorren.
Promouter so'zlariga ko'ra "Lo'lilar Qiroli" mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.
"Men Fyuri bilan keyingi rejalari haqida gaplashdim. Lekin bu haqda ko'p gapirmoqchi emasman. Tayson bokschi, u jang qilishni yaxshi ko'radi. U mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Demak, mashg'ulot uchun sabab bor. O'ylaymanki, uning maqsadi g'olib bilan jang qilish", - deya qo'shimcha qildi Uorren.
Eslatib o'tamiz, Usik va Joshua o'rtasidagi revansh jangi 20 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar