12 okt 08:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Frenk Uorren Fyuri - Usik jangi kelasi yilning boshida o'tkazilishini malum qildi
Super og'ir vazn toifasida WVC chempioni Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren dekabr oyida WBA, WBO, IBF va IBO chempioni Aleksandr Usik bilan jang o'tkazmasliklarini aytdi.
Menejerning so'zlariga ko'ra, u britaniyalik va ukrainalik o'rtasidagi jang kelasi yilning fevral oyida bo'lib o'tishi mumkinl.
"Usikka qarshi jang dekabr oyida bo'lishini kutgandik, ammo bunday bo'lmadi. Umid qilamanki, ularning jangi fevralda bo'lib o'tadi. Tayson bundan oldin ham jang qilishni mumkin.
CHisora bilan jang bo'lib o'tsin. Agar Tayson g'alaba qozonsa, unda katta jang o'tkazishi mumkin", — deya Uorrenning so'zlarini keltirgan Boxing News 24.
Avvalroq, The Sun nashri og'ir vaznda WBC kamari sohibi Tayson Fyurining navbatdagi raqibi Derek CHisora bo'lishini malum qilgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar