11 may 16:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Frenk Uorren: "Inouening jamoasi u bilan jang qilishga qiziqyapti"
Naoya 14 sentyabr kuni o'z vatanida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev bilan to'qnash keladi.
Promouter Frenk Uorren ikkinchi eng engil vazn toifasidagi mutlaq chempion Naoya Inouening WBA kamari sohibi Nik Boll bilan ehtimoliy jangi haqida gapirdi.
"Inouening ashaddiy muxlisi ekanligimga qaramay, menga Nikning bu jangdagi imkoniyatlari yoqadi. Kardenas bilan jangdagi nokdaun? Hamma bokschilar ham bazida nokdaunlarni o'tkazib yuboradi. SHu bois oyoqqa turish va g'alaba qozonish qobiliyati juda yuqori baholanadi.
Inouening jamoasi bilan gaplashdim. Ular Boll bilan jang qilishga qiziqishyapti. Lekin birinchi navbatda ular o'zlari uchun tanlangan raqiblardan o'tib olishlari kerak. Keyin, ishonchim komilki, biz o'tirib, bir to'xtamga kelamiz", dedi Uorren.
Havola :
Manba : Boxing News
Fikrlar