01 fev 14:29
Yangiliklar

Frenk Uorren: "Joshua qo'shimcha 5 million dollar so'raganda, Fyuri unga: "etar" dedi"
"Bir yil oldin, biz Joshua va Tayson o'rtasida jang tashkillashtirmoqchi bo'lganimizda, Eddi Xirn har hafta: "Hammasi tayyor, shartnomalar joyida", deb aytgan edi, garchi biz hech qanday bayonot bermaslik bo'yicha shartnoma imzolagan bo'lsak ham.
Bu safar muzokaralar cho'zilib ketdi. Joshua qo'shimcha 5 mln dollar so'raganda, Tayson: "Etar" dedi. Ana xolos.
Fyuri aytgandiki: "Bu meni qiziqtirmaydi, Joshua juda ochko'z. Bu etarli edi. Tayson chempion, u Entoni Joshuadan qarzdor emas".
Fyuri va Usik jang qilmoqchi edi. Ammo o'rtada yana ikkita odam bor – biri WBCni sudga berayotgan bo'lsa, ikkinchisi esa ko'proq pul talab qilardi”, — dedi Uorren.
Eslatib o'tamiz, Joshua va Dillian Uayt Aleksandr Usik va Fyuri bilan janglar uchun tovon pulidan bosh tortgan edi. Uaytga 5 million funt, Joshuaga 15 million funt taklif qilingan.
Fikrlar