25 dek 07:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Frensis Ngannu Jeyk Pol haqida: Uni jiddiy qabul qiling
Frensis Ngannu Jeyk Pol haqida gapirdi.
Og'ir vazn toifasida UFC chempioni Frensis Ngannu sport hamjamiyatini 18 dekabr kuni sobiq UFC chempioni Tayron Vudlini revansh jangida yorqin va shafqatsizlarcha nokautga uchratgan Jeyk Polni (5:0, 4 KO) jiddiy qabul qilishga chaqirdi.
Frensis sodir bo'lgan voqeadan juda hayratda qolganini yashirmadi
«To'g'risini aytsam, Jeyk Pol meni hayratda qoldirdi. Tayron Vudli bu jangda g'alaba qozonishiga ishongandim. Siz Jeyk Polga tan berishingiz kerak. U kuchli bayonot berdi va ishi tili bilan hamqadamligni isbotladi. U o'zini juda jiddiy qabul qiladi va siz ham uni jiddiy qabul qilganingiz maqul, chunki u buni isbotladi», - dedi Ngannu
Havola :
Manba : vringe.com
Fikrlar