07 mar 15:01
Yangiliklar
Frensis Ngannu MVP turnirida ishtirok etishi mumkin
U 16 may kuni Los-Anjelesdagi asosiy jangi Ronda Rouzi - Jina Karano bo'lgan Most Valuable Promotions turnirida oktagonga chiqishi mumkin.
Vaziyatga yaqin bo'lgan xabardor manbalarning aytishicha, kamerunlikning Jeyk Pol promousheni bilan muzokaralari yakuniy bosqichda, biroq uning raqibi nomi hozircha nomalumligicha qolmoqda. Tadbirning ikkinchi tashkilotchisi Netflix striming platformasi bo'lib, u o'z tarixidagi birinchi MMA turnirini eksklyuziv translyaciya qiladi.
2023 yil may oyida PFL ligasi bilan shartnoma imzolagan Frensis Ngannu tashkilot bayrog'i ostida faqat bitta jang o'tkazdi. 2024 yil oktyabr oyida braziliyalik Xenan Ferreyrani birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan taslim etdi. SHu bilan birga, sobiq UFC chempioni professional boks bo'yicha ikkita jang o'tkazib, Tayson Fyuriga ochkolar bo'yicha, Entoni Joshuaga esa nokaut bilan yutqazdi.
Liga "Yirtqich" o'tgan yilning dekabr oyida og'ir vazn toifasida PFLning birinchi muntazam chempioniga aylangan rossiyalik Vadim Nemkovning navbatdagi raqibi bo'lishini kutgan edi, biroq tashkilot kamerunlik bilan muddati tugagan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelisha olmadi.

Fikrlar