30 apr 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Frensis Ngannu o'g'li vafotidan keyin ilk bor post qoldirdi
Kamerunlik aralash yakkakurash ustasi Frensis Ngannu Instagram sahifasiga yangi post joyladi.
Kecha uning bir yarim yoshli farzandi olamdan ko'z yumgan edi.
"13.01.2023 - 27.04.2024. Ketishga hali erta edi, lekin u baribir ketdi. Kichkina o'g'lim, do'stim, sherigim - Kobi hayot va quvonchga to'la edi. Xozir u hushidan ketib yotibdi. Men uning ismini aytib, qayta-qayta baqirdim, lekin u javob bermadi. Men uning atrofida o'zimning eng yaxshi versiyamda edim, xozir esa kimligimni ham bilmayman. Hayot shunchalik adolatsizki, u bizni eng og'riqli joyda uradi. Buni qanday hal qilasiz? Bu bilan qanday yashay olasiz? Iltimos, agar sizda biror fikr bo'lsa, menga yordam bering, chunki men nima qilishni yoki bu bilan qanday kurashishni bilmayapman", deb yozdi Ngannu.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar