15 jan 10:24
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Furkad ketma-ket shoxsupaga ko'tarilish bo'yicha rekord o'rnatdi
Franciyalik afsonaviy biatlonchi Marten Furkad Rupolding shahrida o'tayotgan jahon Kubogining beshinchi bosqichida o'zining g'alabali seriyasini to'xtatdi.
Furkad mass-start bahslarida ikkinchi o'rinni egallagandi. SHunga qaramay, u ketma-ket shoxsupaga ko'tarilish bo'yicha rekordni yangiladi. Marten joriy mavsumda 12 bor sovrinli o'rinlarni egalladi. Uning hisobida 5ta oltin, 5ta kumush, 2ta bronza medali bor.
O'tgan mavsum bilan qo'shib hisoblaganda esa ketma-ket
g'alabalar soni 15tani tashkil qiladi. Bu bilan Furkad o'zining 5 yil avval
o'rtangan rekordini yangiladi. Martendan avvalgi rekord esa 8 karra Olimpiada
chempioni Ule-Eynar Borndalenga tegishli edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar