24 okt 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyodor yana oktagonga chiqadimi? Emelyanenko rejalari bilan o'rtoqlashdi
Rossiyalik MMA afsonasi Fyodor Emelyanenko Moskvada o'tgan Bellator 269 turnirida amerikalik Timoti Jonsonni birinchi raundning o'zidayoq nokautga uchratgan edi.
Jangdan so'ng Emelyanenko o'z rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"SHartnoma bo'yicha yana bitta jang o'tkazishim kerak. Bu haqida tashkilot prezidenti Skott Koker bilan gaplashamiz. Menga o'z uyimda jang o'tkazish qiyinroq. CHunki, etibor va tashqi bosim juda kuchli bo'ladi. Lekin men aynan so'nggi jangimni vatandoshlarim ko'z o'ngida o'tkazib, keyin faoliyatimga nuqta qo'ymoqchiman. Yaratganga shukur, bugun hammasi biz o'ylagandek yakun topdi. Eng muhimi jarohatsiz jangni yakunladim", - dedi Fyodor jangdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar