08 sen 11:00
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/234710_220.jpg)
Fyuri Entoni Joshuaga jang uchun qancha gonorar to'lashini aytdi
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri hamyurti Entoni Joshua bilan jang uchun gonorarlar miqdorini malum qildi.
"Menga Joshua bilan jangda unga qancha pul berishim haqida savol berishyapti. Hamma mening 20 %, 25 % yoki 30 % gonorar berishim haqida gapiryapti. Aslida, men bu jangda Joshuaga 40 % gonorar taklif qilganman, chunki u bu jangni xohlayapti.
Unda rad qilish uchun hech qanday sabab yo'q. Joshua men unga kam pul taklif qilganim haqida noliy olmaydi. Unga 20 % yoki 30 % gonorar taklif qilganim yo'q. Men 40 % gonorar taklif qildim unga. Rozi bo'l yoki yo'qol!", - dedi Fyuri ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar