11 sen 13:41
Yangiliklar

Fyuri - Joshua jangi 2022 yilda tashkil etiladimi? Bob Arum javob beradi
Arumning so'zlariga ko'ra, bu jang 2022 yil oxirigacha tashkil etilmaydi.
"Menimcha, bu jang tashkil etilmaydi. Agar Fyuri bu jang bo'lishini xohlasa, o'zimni Eddi Xirn va Joshuaning o'rniga qo'yaman - Usikdan ikki marta mag'lubiyatga uchragandan so'ng, o'ziga bo'lgan ishonchni qaytarish uchun unga ikkita jang bermoqchisan?. Agar Joshua Fyuriga qarshi chiqsa mag'lub bo'ladi.
Fyurining foydasiga 60/40 ko'rinishida gonorar bo'linganmi? Juda adolatli, shunday emasmi? Joshua endi chempion emas, lekin shoshilmang. Fyuri va Joshua jangi bu yil bo'lishiga ishonmayman", - deya Arumning so'zlarini keltiradi Boxing Scene.
Avvalroq, Fyuri Entoni Joshuaga jang uchun qancha gonorar to'lashini aytgan edi.
Fikrlar