12 sen 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri - Joshua jangi bo'yicha muzokaralar Qirolicha vafoti sabab to'xtab qoldi
Bu haqda Tayson Fyurining promouteri Frenk Uorren xabar bermoqda.
Tayson Fyuri va Entoni Joshua o'rtasidagi jang shu yilning o'zida o'tkazilishi yuzasidan muzokaralar olib borilayotgan edi. Ammo, 8 sentyabr kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta ikkinchining vafoti tufayli muzokaralar to'xtab qolgan.
"Men va Tayson ayni damda qirollik oilasi uchun muzokaralar davom ettirilishini o'rinli deb hisoblamaymiz", - deya Uorrenning so'zlarini keltiradi talkSPORT nashri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar