21 sen 16:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Joshuaga Usik bilan jang qilmaslikni maslahat berdi
Superog'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuri Usik - Joshua ehtimoliy jangi haqida gapirdi.
"Agar ular uchrashishsa, Usik Joshuani mag'lub etadi deb o'ylayman. Ammo ushbu jangning bo'lmaslik ehtimoli ko'proq. O'ylab ko'ring, Joshua nima uchun men bilan jangda ishlab oladigan pulning 10 foizi uchun Usik bilan urishishi kerak?
Entoni, sen kamar haqida unut! Kamar uchun boshqalar jang qilsin. Usik yoki Parker. Sen bu vaqtda men bilan yirik jangda ishtirok et. Biz ushbu sportda "noneym"lar bilan jang qilish uchun yurganimiz yo'q. Bu erda yirik janglar uchun turibmiz", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar