12 avg 18:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Fyuri kim bilan jang qilish niyati borligini aytdi
Superog'ir vazn toifasida WVC chempioni Tayson Fyuri ijtimoiy tarmoqlarda sobiq raqibi va hamyurti Derek CHisoraga trilogiya o'tkazish uchun shartnoma imzoladi.
"Ushbu xabar Derek CHisora uchun. Derek trilogiyadan qochma. O'zingni haqiqiy jangchi deb hisoblaysan, aslida qo'rqoq tovuqsan. Sen trilogiyani va faoliyatingdagi eng katta gonorarni rad qilayapsan. Qochmasdan shartnomaga imzo chek", - dedi Fyuri.
Eslatib o'tamiz, Fyuri va CHisora o'rtasidagi birinchi jang 2011 yilda bo'lib o'tgan va hakamlar qarori bilan Tayson g'alaba qozondi. Revansh jangi 2014 yilda bo'lib o'tgan va unda ham Fyuri texnik nokaut evaziga zafar quchgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar